• O'zbekiston Respublikasi Samarqand sh, Ko`ksaroy maydoni 1a-uy

Yangiliklar

Hamkorlik ishlari davom etmoqda! 🤝
Joriy yilning 19-may kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand shahar jamiyati raisi M.Shodiyev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM Samarqand viloyati filialiga amaliy tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida tashkilot bosh maslahatchisi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida ikki tashkilot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda kelgusida iste'molchilar huquqlari va intellektual mulk himoyasi yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📢 Iste'molchi huquqi — jamiyat himoyasida!