O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda uning hududiy birlashmalari va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan doimiy ravishda aholining iste`mol madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko`lamli targ`ibot tadbirlari muntazam o`tkazib kelinmoqda. Shuningdek o`z haq-huquqlarini doimiy ravishda himoyalanishini istagan faol fuqarolar a`zolikka qabul qilinib ularga a`zolik guvohnomalari topshirilmoqda.
Bugun O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand shahar jamiyati tomonidan Samarqand shahar hokimi F.Umarovga a`zolik guvohnomasi hamda jamiyat faoliyatiga qo`shgan munosib hissasi uchun tashakkurnoma topshirildi.
Shuningdek Samarqand shahrida iste`molchilar manfaatlarini himoya qilish borasida qilinishi lozim bo`lgan ishlar xususida fikr almashildi.