So`z isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish xususida borar ekan, birgina Samarqand viloyatida Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyati hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan qilingan ishlar shubhasiz iste`molchilarning huquqlari qonun bilan kafolatlanganligiga yorqin misol bo`la oladi.
So`ngi yillarda O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyat birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan, isteʼmolchilardan tushgan bir qator murojaat asosida isteʼmolchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga daʼvo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida ularga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ta`kidlash kerakki, ayrim holatlarda fuqarolarning murojaatlarini tezkor ravishda hal etish talab qilinadi. Bunda albatta xizmat avtomobillarining o`rni sezilarli bo`ladi. Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya raisi J.Sarimsoqov tomonidan viloyat hokimi E.Turdimovning shaxsiy koʻmagida Samarqand viloyati birlashmasiga xizmat avtomobilini topshirar ekan ayni masalaga alohida to`xtalib o`tdi.