• O'zbekiston Respublikasi Samarqand sh, Ko`ksaroy maydoni 1a-uy

Yangiliklar

Nosoz chiqqan 12 mln so‘mlik telefon apparati yangisiga almashtirib berildi

Samarqand tumani Ravonak Diyor MFYda yashovchi   fuqaro SH.N. joriy yilning 27-may kuni Samarqand shahrida joylashgan "Samsung center" savdo markazidan bahosi 12 mln so‘mlik "Samsung 24 ultra" markali telefon apparatini sotib olgan. 

Ammo bir necha oydan keyin mazkur apparat nosozligi yuzaga chiqib, ishlamay qolganligi va  savdo markazi xodimlari nosoz telefonni yangisiga almashtirib bermayotganligidan norozi boʻlib, ushbu muammo yechimi yuzasidan amaliy yordam soʻrab yozma murojaat qilgan.  Ushbu murojaat tegishli tartibda jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Isteʼmolchiga sotilgan telefon nosoz ekanligi oʻz isbotini topdi. Soha mutaxassislari tomonidan tadbirkorga qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi  va nosoz telefon qurilmasi yangisiga almashtirib berildi.