• O'zbekiston Respublikasi Samarqand sh, Ko`ksaroy maydoni 1a-uy

Yangiliklar

⚡️Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi J.Sarimsoqov hamda Samarqand viloyati Qo`shrabot tumani hokimi  D.Shakarboyev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qator farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.  Qo`shrabot tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida fikr almashildi.

Tuman hokimi federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.